0%
62 ovozlar, 4.2 o'rtacha
2571

BIOLOGIYA VA KIMYO

BIOLOGIYA FANIDAN - 30 TA TEST
KIMYO FANIDAN - 30 TA TEST
MAJBURIY FANLARDAN - 30 TA TEST
JAMI - 90 TA TEST
Aloqa uchun: @iquizuz_bot
Telegram kanal: @iquiz_uzb

1 / 90

Kategoriya: Ona tili (MF)

Qaysi gapda jo‘nalish kelishigini qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud?

2 / 90

Kategoriya: Ona tili (MF)

To’g’ri yozilgan so’zlar qatorini aniqlang.

3 / 90

Kategoriya: Ona tili (MF)

Do`stlikdan o`tadigan hech narsa yo`q. Ushbu gapda qanday gap bo`lak ishtirok etmagan?

4 / 90

Kategoriya: Ona tili (MF)

To’g’ri yozilgan so’zlar qatorini toping.

5 / 90

Kategoriya: Ona tili (MF)

Javoblarning  qaysi  birida  yoyiq gap  berilgan?

6 / 90

Kategoriya: Ona tili (MF)

Berilgan gaplarning qaysi birida atoqli otishtirok etmagan?

7 / 90

Kategoriya: Ona tili (MF)

1) Qozonga "yaqin" yursang qorasi yuqadi
2) "Yaqin" fursatlarda diydor ko’rishishni orzu qilarmish.
3) Shaharga "yaqin" joylashgan qishloqda yashaymiz.
Berilgan gaplarning qaysilarida "yaqin" ravishi bir xil
ma’noni anglatgan?

8 / 90

Kategoriya: Ona tili (MF)

Yod-yot, sud-sut paronim so’zlaridagi d va t undoshlarining farqlovchi belgilarini toping.

9 / 90

Kategoriya: Ona tili (MF)

Xoja Fazlulloh Abullaysiy – Samarqand akobiridindur. Faqih Abullays avlodidandur. Fiqhda ani Abu Hanifayi Soniy derlar erdi va arabiyatda Ibn Hojib kaffasida tutarlar erdi.
Ushbu matnda ajratib ko`rsatilgan arxaik so`zning hozirgi muqobili qaysi qatorda berilgan?

10 / 90

Kategoriya: Ona tili (MF)

Dengiz ortin yoritdi ilk bor
Beruniyning aql mash`ali. (A.Oripov)
Ushbu misralarda qaysi kelishik shakli qo`llangan?

11 / 90

Kategoriya: Matematika (MF)

10,122 ar necha dm² ga teng.

12 / 90

Kategoriya: Matematika (MF)

Ikkita son berilgan. Birinchisi 90 ga teng. Ikkinchi son birinchisidan 20 % ga ortiq bo‘lsa, berilgan sonlardan kattasini toping.

13 / 90

Kategoriya: Matematika (MF)

Tushib qoldirilgan sonni toping   1,3,7,15….

14 / 90

Kategoriya: Matematika (MF)

9 ta ko‘ylakdan birini ko‘pi bilan necha xil usulda tanlash mumkin?

15 / 90

Kategoriya: Matematika (MF)

144 va 128 sonlarining umumiy bo’luvchisi yig’indisini toping.

16 / 90

Kategoriya: Matematika (MF)

Quydagi sonlardan qaysilari birdan katta?

17 / 90

Kategoriya: Matematika (MF)

Bino maketining (kichraytirilgan nusxasi) uzunligi 40 cm ga teng. Bino aslida 120 m uzunlikda bo‘lsa, bino maketining masshtabini toping

18 / 90

Kategoriya: Matematika (MF)

a va b bir biridan farqli raqamlar. a b=36 bo’lsa a+b ning eng katta qiymatini toping.

19 / 90

Kategoriya: Matematika (MF)

To‘g‘ri burchakli parallelepipedning bo‘yi, eni va balandligi mos ravishda 9 cm, 5 cm va 10 cm ga teng bo‘lsa, uning hajmini (cm³ ) toping.

20 / 90

Kategoriya: Matematika (MF)

1 dan 100 gacha bo’lgan sonlar ichida 6 ga bo’lganda 4 qoldiq qoladiganlari nechta?

21 / 90

Kategoriya: O'zbekiston tarix (MF)

Abdullatif Balxda qanday solig’ni bekor qilib, savdogarlarni o’z tarafiga og’dirib oladi?

22 / 90

Kategoriya: O'zbekiston tarix (MF)

Qo’qon xonligida eng yuqori harbiy lavozim…

23 / 90

Kategoriya: O'zbekiston tarix (MF)

Qachon Shayboniyxon Samarqandni uzil-kesil egalladi?

24 / 90

Kategoriya: O'zbekiston tarix (MF)

1990-yilning martida O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini tayyorlash g‘oyasini ilgari surgan siyosiy arbobni aniqlang.

25 / 90

Kategoriya: O'zbekiston tarix (MF)

Qaysi xon davrida Qo`qonda qipchoqlar qirg`ini uyushtirilgan?

26 / 90

Kategoriya: O'zbekiston tarix (MF)

Quyida keltirilgan qaysi qadimgi dunyo davlati hozirgi Farg`ona vodiysi hududiga to’g’ri keladi?

27 / 90

Kategoriya: O'zbekiston tarix (MF)

Quyidagi qaysi alloma o‘zining astronomiyaga oid asarlarida Kopernikdan qariyb besh asr muqaddam Yerning Quyosh atrofida aylanishi haqidagi fikrni birinchi bo‘lib ilgari surgan?

28 / 90

Kategoriya: O'zbekiston tarix (MF)

Qadimgi Xorazm  davlatining markazi bo'lgan qal'a nomini toping.

29 / 90

Kategoriya: O'zbekiston tarix (MF)

Bronza davri manzilgohlari qaysi davrga tegishli ekanligini aniqlang.

30 / 90

Kategoriya: O'zbekiston tarix (MF)

Saka-xau-movarkalar qaysi hududda yashaganlar?

31 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Nitella to‘grisidagi noto‘g‘ri fikrni aniqlang.

32 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Quyida berilgan kasalliklarda qaysi birlarini sitogenetik usul yordamida aniqlasa bo`ladi.

1) albinizm; 2) daltonizm; 3) X trisomiya; 4) Klaynfelter sindromi; 5) 5 xromosoma o`ng elkasining deletsiyasi; 6) fenilketonuriya;

33 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Odamda terining sirtqi qavatini hosil qiluvchi to'qimani belgilang.

34 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Qon tomirlari devorining ichki qavatida yog‘ va tuz moddalarining to‘planishi natijasida tomirlar qattiqlashib, mo‘rtlashib va torayib qolishi yurak – qon tomir kasalliklarining qaysi turiga kiradi?

35 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Quyida  berilganlardan  faqat  Sharq sauriga (a), faqat zuhrasochga (b) xos hamda  ular  uchun umumiy  bo‘lgan  (c) xususiyatlarni  aniqlang.

1)  arxegoniy  urug‘kurtakda  yetiladi;

2) tuxum  hujayrasi  arxegoniyda  yetiladi;

3) spermatozoidlar anteridiyda hosil bo‘ladi;

4)  mexanik  to‘qimaga  ega;

5) shamol yordamida  changlanadi;

6) o‘tkazuvchi sistemaga ega;

7) urug‘langan  tuxum  hujayradan  murtak rivojlanadi;

8)  urug‘kurtakdan  urug‘ hosil  qiladi;

9)  urug‘lanish  suvda amalga  oshadi.

36 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Quyidagi qaysi fikrlarda xatolikka yo‘l qo‘yilgan?

1) populyatsiya to‘lqinlari evolyutsiyaning boshlang‘ich omili;
2) populyatsiya -evolyutsiyaning elementar birligi;
3) evolyutsiya konvergent xarakterga ega;
4) genlar dreyfi -populyatsiya organizmlari sonining keskin kamayishi;
5) geografik alohidalanish- simpatrik yo‘nalishda tur paydo bo‘lishidir

37 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Kaputsinda ovogenez jarayonida kuzatiladigan  hodisalar qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

1) ko‘payish davrida reduplikatsiya sodir bo‘ladi; 2) 4 ta gaploid to'plamga ega hujayra hosil bo‘ladi; 3) hujayralarning 50% i jinsiy Y  xromosomaga ega; 4) o‘sish davrida hujayralarda translyatsiya kuzatilmaydi; 5) hujayralarning barchasi jinsiy X xromosomaga ega bo‘ladi; 6) ko‘payish davrida diploid to‘plamga ega hujayralar hosil   bo’ladi

38 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Ko‘rsatilgan moddalarning qaysilari i-RNK nukleotidlari ketma-ketligiga ko‘ra sintezlanadi?
1) tromboplastin; 2) timozin; 3) revertaza; 4) E. coli; 5) tirozin; 6) Hpa I; 7) sitoxrom; 8) pBR 322; 9) glikogen; 10) tanspozon; 11) aglyutinin.

39 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

 Noto‘g‘ri (a) va to‘g‘ri (b) rivojlanuvchi umurtqasiz organizmlarni aniqlang.

1) ildam kaltakesak; 2) karam kapalagi; 3) planariya; 4) ko‘l baqasi; 5) chuchuk suv gidrasi; 6) baqachanoq; 7) yashil qurbaqa; 8) chittak

40 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Abu Nasr Farobiy fikrlarini aniqlang.
a) inson organizmi yaxlit sistema; b) inson hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan; c) yer yuzasida doimo o`zgarishlar sodir bo`ladi; d) tirik mavjudotlar orasida yashash uchun kurash boradi; e) tabiiy va sun’iy tanlashni e’tirof etgan; f) kasalliklar oziqlanish tartibiga bog`liq; j) yer yuzining o`zgarishi o`simlik va hayvonlarning o`zgarishiga olib keladi; k) odamlarning rangi va qiyofasi faqat irsiyatga bog`liq emas.

41 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi javobni aniqlang. Ikki nuqtali tugmacha qo‘ng‘iz kolorado qo‘ng‘izi kabi... .
1) qattiqqanotlilar turkumiga mansub; 2) birlamchi mahsulot biomassasini hosil qiladi; 3) produtsent organizm; 4) hamma oyoqlari bir xilda tuzilgan; 5) chala o‘zgarish bilan rivojlanadi

42 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Havorang patli (A) to‘ti oq patli to‘ti bilan chatishtirilsa, birinchi avlodda patning havorang belgisi dominantlik qiladi, sariq patli (B) to‘tilar bilan oq patli to‘tilarni chatishtirganda birinchi avlodda patning sariq rang belgisi dominantlik qiladi. Havorang patli to‘tilar bilan sariq patli to‘tilarni chatishtirishda olingan birinchi avlod to‘tilarining pati yashil rangda bo‘ladi. Qaysi chatishtirishlar natijasida avlodning 1/4 qismi yashil chiqadi?

1) Aabb x Aabb; 2) AaBb x aabb; 3) aaBb x aaBb; 4) Aabb x AaBb; 5) Aabb x aaBb

43 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Yomg’ir chuvalchangining qon aylanish sistemasini qaysi qon tomirlari tashkil etadi?

44 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Gen mutatsiyalari sodir bo‘lishining sababini aniqlang.

45 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Hayotning molekula (a) va organizm darajalari (b) ga xos xususiyatlarni aniqlang.

1) peptid bog‘larning hosil bo’lishi; 2) gametogenez; 3) fagositoz; 4) reduplikatsiya; 5) ta‘sirlanish; 6) nerv va gumoral boshqarilish; 7) ozuqa zanjiri

46 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Geterotrof organizmlarni aniqlang.

47 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Bug'doyning har bir gul qipig'i ustida nima bilan o'ralgan bo'ladi?

48 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Qovoqlarda meva rangining yuzaga chiqishi ikki juft noallel genlar yordamida ifodalanadi. Genotipdagi asosiy gen dominant holatda meva rangining sariq holatda bo`lishi, retsessiv holatda esa yashil tusda bo`lishini ta’minlaydi. Ikkinchi juft noallel gen dominant holatda rang hosil bo`lishiga to`sqinlik qiladi, retsessiv gen esa rang hosilm bo`lishiga  to`sqinlik qilmaydi.  Digeterozigota genotipli o`simliklar chatishtirilganda hosil bo`lgan oq rangli o`simliklarning genotipik sinflarining orasidan necha foizi tahliliy chatishtirishda ajralish bermaydi

49 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Ichki skeletga ega hayvonlarni aniqlang?

50 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Nerv (a) va gumoral (b) boshqarilishga tegishli misollarni farqlang.

1) nafas olish markazining karbonat angidrid ta’sirida qo‘zg‘alishi;
2) qondagi qand miqdorining insulin ta‘sirida o‘zgarishi;
3) odamning svetoforning yashil chirog‘iga reaksiyasi;
4) odam tanasining fazoda ma’lum muvozanatni saqlashi;
5) issiq buyumdan qo‘lni tortib olish;
6) bolalardagi gigantizm;
7) ovqat hidiga so‘lak ajralishi

51 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Qaysi kasallikni qo‘zg‘atuvchi viruslar faqat jigar hujayralarida ko‘paya oladi?

52 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Kurtaklanish yo`li bilan ko`payadigan ko`p hujayra organizmlarni aniqlang.

53 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Ulotriksning ko`payish jarayonida umumiy 100 izogameta va zoospore hosil bo`ldi. Mana izogameta va zoosporalardan 180 ta ulotrisks hosil bo`ldi. Zoosporalarning  sonini aniqlang.

54 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Qoramol organizmida voyaga yetguncha (a) va voyaga yetganda (b) yashovchi organizmlarni belgilang .

55 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Faqat ikki uyli o`simliklarga xos xususiyatlarni ko`rsating?
1) qo`sh jinsli bo`la olmaydi; 2) bir tupi meva qilib, ikkinchi tupi meva qilmaydi; 3) ular doimo o`z-o`zidan changlanadi; 4) bir tupi ikki xil generativ qismli gulga ega; 5) ularga terak misol bo`la oladi; 6) ularga funariya misol bo`la oladi.

56 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Lolasimonlarga mansub, mevasi bir nechta mevabarglardan tashkil topgan o‘simliklarni aniqlang.

57 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Spermatogenezning  yetilish davrida  jinsiy hujayralar bir marota meyoz usulida bo`linadi  va gaploid to`plamli hujayralar hosil qiladi, ko`payish davrida esa hujayralar ko`p marotaba mitoz usulida bo`linadi.  Spermatogenezning shakllanish davrida 960 ta spermatozoid hosil bo`ldi. Spermatogenezdan oldin birlamchi jinsiy hujayralar soni 15 taligi aniq bo`lsa, ko`payish davrida jinsiy hujayralarda necha marta mitoz bo`linish kuzatilgan.

58 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang.
G‘o‘za avlodida 52 xromosomali turning paydo bo‘lishi . . . hisoblanadi.

59 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Donador  endoplazmatik  to`r  (a) va  ribosoma  (b)  uchun  xos xususiyatlarni  aniqlang.

1) assimilyatsiyada ishtirok etadi; 2) bir qavat  membranaga ega; 3) yadroda shakllanadi; 4) oqsillar hosil bo‘lishida qatnashadi; 5) tarkibida monosaxarid va aminokislota mavjud; 6) monosaxaridlardan polisaxaridlar hosil qilishda ishtirok etadi

60 / 90

Kategoriya: Biologiya (1F)

Paratgormon (1), insulin (2), tiroksin (3) gormonlarining funksiyalarini aniqlang.

a) qand ahnashinuvini boshqaradi; b) limfotsitlar hosil bo‘lishini kuchaytiradi; c) jinsiy bezlar faoliyatini boshqaradi; d) kalsiy va fosfor almashinuvini ta‘minlaydi; e) yurak ishini boshqaradi

61 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

Hajmlari (n.sh.da) bir xil bo’lgan is gazi, X gaz va propindan (CH) iborat aralashmadagi X gazning massasi is gazinikidan 0,3 g ga ko’p, propinnikidan 1,5 g ga kam bo’lsa, x_gazning molekulyar massasini (g) aniqlang.

62 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

Quyidagi qaysi molekula tarkibida 36 ta σ va 6 ta π bog’ mavjud?

63 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

Glyukoza bromli suv bilan reaksiyaga kirishganda qanday organik kislota hosil bo‘ladi?

64 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

Indol molekulasi qaysi halqalarning kondensirlanishidan hosil bo‘lgan?

65 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

X2YZ3 moddada elementlar 2:7:9 massa nisbatda. Shu X+Y+Z reaksiyasidagi moddalar mos ravishda 10/28/27 massa nisbatda bolganda, hosil boladigan X2YZ3 moddani massasini toping?

66 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

0,55 mol alkan ozon va kisloroddan iborat 44,8 l (n.sh.) aralashmada to‘la yondirildi. Agar ozon va kisloroddan iborat aralashmaning vodorodga nisbatan zichligi 22 bo‘lsa, alkanni aniqlang.

67 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

68 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

Qaysi gazning kislorod bilan to‘liq ta’siri natijasida suvda erimaydigan oksid hosil bo‘lishi mumkin?

69 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

CH4 + 2O2 CO2 + 2H2O reaksiya tenglamasi bo‘yicha kislorod hajmiga teng hajmda xN2 + O2 aralashmasi ishlatilsa, reaksiya tezligi 64 marta sekinlashadi. x ning qiymatini aniqlang.

70 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

127C da reaksiyaning tezligi 0,8 mol/(l·s) ga teng. Temperatura 20C ga oshirilsa, reaksiya tezligi (mol/(l·s)) qanday bo‘ladi? (y=2)

71 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

72 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

X element atomida ilk 15ta orbitali(yacheykasi) elektron  bilan to’lgan va  oxirgi 2ta orbitali yarim to’lgan bo’lsa,uni aniqlang.

73 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

74 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

28%li MeOH eritmasi tarkibida vodorodning massa ulushi 8,5% bo‘lsa, MeOH ni aniqlang.

75 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

Kvant sonlari n=5,l=2 bo’lgan nechta  elektron mavjud?

76 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

1-brom propan→X→Y→Atseton. Ushbu reaksion zanjir ketma-ketligida atseton  sintezlangan bo’lsa,Y moddani aniqlang.

77 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

3:2 mol nisbatda olingan, tarkiblaridagi uglerod atomlari soni bir xil bo‘lgan -aminokislota va birlamchi amindan iborat 45,5 g aralashma 73 g 25%li xlorid kislota eritmasi bilan reaksiyaga to‘liq kirishdi. α- minokislota va birlamchi aminni aniqlang.

78 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

0,4 mol Mg nitrat kislota bilan ta’sirlashganda N hosil bo’ldi. Ushbu jarayonda sarflangan nitrat kislota miqdorini (mol) toping.

79 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

Bisulfit birikmalar kristal moddalar bo’lib  aldegid va ketonlarni aralashmadan toza holda ajratib olish uchun ishlatiladi.Lekin quyidagi qaysi keton natriy bisulfit bilan reaksiyaga kirishmaydi?

80 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

Qaysi javobda elementlar elektromanfiyligi ortib borish tartibida joylashgan?

81 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

Adenin tarkibidagi uglerodning massa ulushi vodorodning massa ulushidan necha marta katta?

82 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

HClO3 molekulasida bog‘ hosil qilishda ishtirok etgan girbit orbitallar sonini aniqlang

83 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

Ishqoriy metall oksidida kislorodning massa ulushi metallnikidan katta. Ishqoriy metallning nisbiy atom massasini toping.

84 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

380 g natriy fosfat kristallogidrati 1,35 l suvda eritildi. Olingan eritmaning zichligi 0,865 g/ml, natriy ionining molyar konsentratsiyasi esa 1,5 mol/l bo’lsa kristallogidrat tuzilishini aniqlang.

85 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

500 ml 0,02 MHX kislota eritmasiga 1,8 gr sof kislota qo’shilganda kislotaning dissotsiyalanish darajasi 2% dan 1 % gacha kamaygan bo’lsa kislotani aniqlang.

86 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

Kumol sulfat kislota ishtirokida nitrolanganda necha xil mononitroli hosilalar  hosil bo’lishi mumkin? (Yon zanjirning ham nitrolanishi inobatga  olinsin!)

87 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

Pirokatexin molekulasi tarkibidagi barcha uglerod atomlarining oksidlanish darajalari yig’indisini toping.

88 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

Ammoniy  kationining  fazoviy tuzilishi  qanday?

89 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

90 / 90

Kategoriya: Kimyo (2F)

1,78 g H2SO4·SO3 tarkibli oleum 200 g kaliy gidrofosfat eritmasida eritilganda fosfatli nordon tuzlarning massa ulushlari tenglashgan bo‘lsa, dastlabki eritmaning foiz konsentratsiyasini hisoblang.

0%

Testni baholang

Rahmat! Ovozingiz qabul qilindi!

TOP-10
T/RIsmDavomiyligiBallUmumiy
12 soat 55 daqiqa 28 soniya124 / 18965 %
227 daqiqa 50 soniya120 / 18964 %
32 soat 36 daqiqa 19 soniya119 / 18963 %
41 soat 19 daqiqa 16 soniya116 / 18962 %
51 soat 7 daqiqa 59 soniya115 / 18961 %
657 daqiqa 49 soniya114 / 18960 %
71 soat 2 daqiqa 15 soniya114 / 18960 %
82 soat 35 daqiqa 10 soniya113 / 18960 %
92 soat 50 daqiqa 36 soniya113 / 18960 %
1014 daqiqa 31 soniya112 / 18959 %
Scroll to Top