Biz haqimizda

iQuiz.uz — bu ta’lim sohasida bilim va ko’nikmalarni sinash uchun yaratilgan onlayn test platformasi. Saytimiz orqali foydalanuvchilar turli fanlar bo’yicha testlar topshirish, o’z bilimlarini baholash va natijalarni kuzatish imkoniyatiga ega bo’lishadi.

Bizning maqsadimiz

iQuiz.uz o’quvchilar, o’qituvchilar va OTMga tayyorlanayotgan abituriyentlar uchun qulay va sifatli test tizimini taqdim etishni maqsad qiladi. Platformamizda turli murakkablik darajasidagi testlar mavjud bo’lib, har bir foydalanuvchi o’z ehtiyojiga mos testni tanlashi mumkin.

Nima taklif qilamiz

  • Abituriyentlar uchun — OTMga kirish imtihonlariga tayyorgarlik testlari
  • O’qituvchilar uchun — dars jarayonida foydalanish uchun tayyor test materiallari
  • O’quvchilar uchun — bilimlarini mustaqil sinab ko’rish imkoniyati

Saytimiz doimiy ravishda yangi test va savollar bilan boyitilib boriladi, shuningdek foydalanuvchi tajribasini yaxshilash yo’nalishida ishlar olib borilmoqda.

Savol yoki takliflaringiz bo’lsa, biz bilan Aloqa sahifasi orqali bog’lanishingiz mumkin.

Scroll to Top